Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 121205

Dec. 12, 2005

Mutaxassislarning fikricha, ayni paytda dunyoda orttirilgan immunitet tanqisligi sindiromi (OITS) xastaligiga chalinganlar soni oltmish milliondan oshgan. Agar kasallikning tarqalishi shu sur'atda davom etaversa, yaqin ikki-uch yil ichida bu raqam yana uch-to'rt marta ortishi mumkin. Taassufki, asr vabosi sifatida ko'rilayotgan mazkur xavf-xatar mamlakatimizni ham chetlab o'tmagan, xabar beradi UzA.Yurtimizda bu kasallikning oldini olish va unga chalinganlarga tibbiy-ruhiy madad berish borasida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tizimidagi OITS markazlarida tegishli dastur va vazifalar ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Ayni paytda ijtimoiy jihatdan o'ta xavfli sanalgan OITS tarqalishining oldini olish borasida turli loyihalar ham amalga oshirilyapti. Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda World Vision xalqaro tashkiloti tomonidan moliyalashtirilgan "Sog'ligingizni oldindan saqlang" - SOS loyihasi ham ana shular sirasiga kiradi.- Loyihamiz kasallanish xavfi yuqori bo'lgan guruhlar va yoshlar orasida OITSning oldini olishga mo'ljallangan, - deydi mazkur loyiha milliy rahbari, tibbiyot fanlari doktori Shonosir Shovahobov UzA muxbiriga. - Buning uchun poytaxtimizda o'nta ishonch punkti va tegishli telefon aloqasi yo'lga qo'yildi. Maqsadimiz - yoshlarni sog'lom turmush tarziga amal qilgan holda, to'g'ri qaror qabul qilishga yo'naltirish va ularning tibbiy bilim doirasini kengaytirishdan iborat. Loyihada belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun narkolog, ginekolog, psixolog kabi yo'nalishlarda ish olib boruvchi malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Podparadise.com neither hosts nor alters podcast files. All content © its respective owners.